Osiyo kubogi – 2019. Tashkilotchilar dahshatli ochilish marosimi va’da qilmoqda

  • 3 yanvar, 2019, 16:06
  • 2
  • Futbol
CHERY AUTO

Ochilish o‘yinida BAA hamda Bahrayn termalari o‘zaro bahs olib borishadi. Abu-Dabidagi "Zayed Sports City" stadionida mazkur bellashuv oldidan tantanali ochilish marosimi bo‘lib o‘tadi.

Tecno

Tashkilotchilar tarixdagi eng katta Osiyo kubogining ochilish marosimini yuqori saviyada o‘tishini va’da qilishmoqda.

Mahalliy vaqt bilan soat 19:30 da boshlanadi. Shu kuni 300 mlnlik auditoriya Xussayn Al-Jassami, Eida Al Menxali va Balkis Ahmed Fathilarning go‘zal taronalari bilan kayfiyatlarini chog‘ qilishlari mumkin bo‘ladi.

gnne5so3xmgfznnugbuc

Bundan tashqari teatrlashtirilgan sahna ko‘rinishlari ham tomoshabinlarda katta qiziqish uyg‘otishi aytilmoqda. Shuningdek unda turnir ramzlari - bolakay Mansur va BAA timsollaridan biri - burgut haqida ham sahna ko‘rinishi yig‘ilganlarga taqdim etiladi.

Marosim tashkilotchilari bunga qadar  Evro-2016, Afrika Millatlar ligasi va 2014 yildan buyon EChL finalining ochilish uchrashuvlarini yuqori saviyada o‘tkazgan tajribali mutaxassislar sanalashini qo‘shimcha qilish joiz.

Shuningdek tashkilotchilar 600 dan ziyod sozanda va musiqachilar marosimda ishtirok etishini ma’lum qildi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
&
darwesh
03/01/2019 17:24
Пули булса киладида.
Ronaldo Junior
03/01/2019 16:34
Omale maza qilarkanmizda))