
Ot sporti bo‘yicha Jahon kubogining Markaziy Osiyo ligasi 1-bosqichi bo‘lib o‘tmoqda (foto)
Toshkent viloyatining Bo‘stonliq tumanidagi "Allyur" ot sporti klubida Jahon kubogining saralash bosqichi bo‘lib o‘tmoqda.
Musobaqalarda Qozog‘iston, Qirg‘iziston va O‘zbekiston chavandozlari turli balandlikdagi to‘siqlardan sakrab o‘tish bo‘yicha bellashmoqdalar. Umid Komilov, Nurjon Tuyoqboev, G‘ayrat Nazarov, A’zam Tolibboev, Oqiljon Sobirjonov va Xurshid Olimjonov kabi mohir chavandozlarimiz o‘z mahoratlarini namoyish etib, vatanimiz sharafini himoya etishga astoydil bel bog‘lashgan.
Fikrlar