O‘zbekiston - Suriya o‘yinini "Sport"da kim sharhlaydi?

O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasining "Sport" telekanali esa Toshkentdagi "Milliy" stadionida o‘tadigan mazkur uchrashuvni jonli efirda namoyish etadi.

Telekanalning ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifasida yozilishicha, efir 19:45 dan boshlanadi va o‘yinni Xayrulla Hamidov va Bobur Akmalovlar sharhlab borishadi.

O‘z navbatida, televizor qarshisiga kelolmaydigan muxlislar saytimiz orqali matnli translyatsiyani kuzatib borish imkoniga egalar.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!