O‘zbekiston U-19 ayollar terma jamoasi yig‘inni yakunladi

  • 19 fevral, 2019, 11:32
  • 0
  • Futbol
TIGGO 2 PRO

O‘quv-mashg‘ulot yig‘ini davomida asosiy e’tibor futbolchi qizlarning jismoniy holatini yaxshilashga qaratildi. Karima Yo‘ldosheva shogirdlari trenajyor zalida mashg‘ulot olib borishdi, maydondagi mashg‘ulotlarda qatnashishdi hamda bir qator nazorat o‘yinlarida maydonga tushishdi. Shuningdek, darvozabonlar bilan alohida mashqlar amalga oshirildi.

Navbatdagi yig‘in 10-19 mart kunlari Toshkentdagi "Chig‘atoy" sport majmuasida o‘tkazilishi rejalashtirilgan. Bu haqda O‘FA rasmiy sayti xabar bermoqda.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston U-19 ayollar terma jamoasi shu yilning 26-30 aprel kunlari Myanmada bo‘lib o‘tadigan Osiyo chempionati saralash bosqichida ishtirok etishadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!