PSJ hujumchilari hozircha kuchli beshlik chempionatlarida hammadan ko‘p gol urishdi

  • 29.12.2018 23:23
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

PSJning hujum uchligi - Kilian Mbappe, Neymar va Edinson Kavani joriy mavsum hozircha Evropa kuchli beshlik chempionatlarida eng ko‘p gol urgan hujum chizig‘iga aylanib turibdi.

Ushbu futbolchilar ayni hozircha Frantsiya chempionatida 34ta gol urishdi. (Mbappe 13ta, Neymar 11ta, Kavani 10ta).

Bu borada ikkinchi o‘rin “Barselon” hujumchilariga tegishli. Lionel Messi (15), Luis Suares (11) va Usmon Dembele (7) jami 33ta golga mualliflik qilishdi.

Kuchli uchlikni esa "Borussiya" Dortmund hujumchilari yakunlab berishdi. Pako Alkaser (12), Mark Roys (11) va Jeydon Sancholar (6) hozircha raqiblari darvozasiga 29ta gol kiritishga muvaffaq bo‘lishdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!