Pakyao Meyvezerga qarshi revansh jang 2019 yilda bo‘lishiga ishonmoqda

  • 07.11.2018 15:45
  • 0
  • Boks
CHERY AUTO

Sakkiz vazn toifasining sobiq jahon chempioni Menni Pakyao besh vazn toifasining sobiq jahon chempioni Floyd Meyvezer bilan revansh jang o‘tkazishi kutilmoqda.

Tecno

– Katta ehtimol bilan revansh bo‘ladi, chunki Floyd boksga qaytmoqda. U jang qiladi. Men yanvarda. Shunday ekan kelasi revansh o‘tkazish uchun ulkan imkoniyat paydo bo‘lishi mumkin.

Kim g‘alaba qozonganini bilish uchun yubizga ikkinchi jang zarur. Chunki birinchi jangda buni bilish aniq bo‘lmagan. Bundan tashqari mening elkamda jarohat bor, ammo bu bu gal revansh tashkil qilinsa, hech qanday bahona yoki sabab bo‘lmaydi, – deya Pakyaoning so‘zlarini keltiradi Sky Sports nashri.

Eslatib o‘tamiz, bu bokschilarning ilk to‘qnashuvi 2015 yil may oyida bo‘lib o‘tgan va Meyvezer ochkolar bo‘yicha g‘alaba qozongan edi.

Avvalroq Meyvezer MMA qoidalari bo‘yicha jang o‘tkazish uchun shartnoma imzolagan va u joriy yilning 31 dekabr kuni o‘tkaziladi. Pakyao kelasi yili Edrien Broner bilan yanvarda to‘qnashadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!