Asosiy mazmunga oʻtish

Osiyo O'yinlar

Paraosiyo o‘yinlarining tantanali ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi

Shahzod
Izohlar: 0

Bugun, 6 oktyabr kuni Indoneziya poytaxti Jakarta shahrida III Paraosiyo o‘yinlarining tantanali ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.

Osiyo va Paraosiyo o‘yinlarining bosh stadioni «Gelora Bung Karno Main Stadium»da o‘tkazilgan tadbirda mazkur musobaqada ishtirok etuvchi barcha mamlakatlar sport delegatsiyalari stadion bo‘ylab tantanali tarzda chiqish qilishdi. O‘zbekiston sport delegatsiyasi bayroqdori vazifasini avval xabar berilganidek Husniddin Norbekov bajardi.

p5-1-1024x576

Marosimda mezbon mamlakat – Indoneziya madaniyati, an’analari aks etgan turli sahna ko‘rinishlari ham namoyish etildi. Shuningdek, Indoneziya Prezidenti Joko Vidodo so‘zga chiqib, ishtirokchilarni qutladi va barchaga omad tiladi.

Ulashish
SPORTS.uz'ning Instagram'dagi sahifasiga qo‘shiling!

Izohlar (0)

Hozircha izohlar yo'q