Patrik Vieyra: Balotellidan ko‘p narsa umid qilayapman

"Nitstsa" klubi ustozi Patrik Vieyra jamoa hujumchisi Mario Balotellidan ajoyib o‘yinlar kutayotganini aytib o‘tdi.

– Men Marioning eng yaxshi sport formasiga kirish istagi borligini bilaman, –deydi Vieyra. – U ko‘p narsaga qodir va bu qo‘lidan keladi. U sabr bilan o‘z ustida qattiq ishlashi kerak. Men undan ko‘prog‘ini kutyapman. Shuningdek, Dante, Jalle va boshqa etakchilardan ham.

Eslatib o‘tamiz, Balotelli bu mavsum Frantsiya chempionatida 1 o‘yinda maydonga tushdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!