“Patriot boxing team" - “Uzbek Tigers” uchrashuvi yakunlandi

BEPUL PROPAN
 

Rossiyaning Perm shahrida mezbonlar - “Patriot boxing team" va O‘zbekistonning “Uzbek Tigers” bokschilari o‘rtasida "S" guruhining so‘nggi tur uchrashuvi boshlanmoqda.

SPORTS.uz axborot portali ushbu uchrashuv doirasidagi natijalarni onlayn tarzda e’tiboringizga havola qiladi.

Demak, boshlanayotgan uchrashuvda quyidagi bokschilar o‘zaro kuch sinashadi:

52 kilogramm

Vyacheslav Tashkarakov - Abrorjon Qodirov

Birinchi bo‘lib ringga eng engil vaznli bokschilar chiqib keldi. Demak dastlabki g‘olib Vyacheslav Tashkarakov va Abrorjon Qodirov o‘rtasidagi jangda aniqlanadi. 

Uchrashuv boshlandi.

Dastlabki raundda raqibiga imkoniyatni boy bergan Abrorjon Qodirov taktikasini keskin o‘zgartirdi. Tajribali raqibiga nisbatan tezkor harakat qilgan hamyurtimiz qolgan to‘rtta raunda raqibiga aniq zarbalar yomg‘irini yog‘dirdi. Muxlislar mezbon sportchini qo‘llab-quvvatlaganiga qaramay, Abror Qodirov jamoamiz uchun dastlabki ochkoni keltirdi. 

1:0 va "O‘zbek yo‘lbarslari" oldinda!

Endi ringga 60 kilogramm  vazn toifasidagi bokschilar  - Konstantin Bogomazov va  Ulug‘bek Do‘smurodov chiqmoqda. 

Bu jangda Konstantin Bogomazovning jismoniy ko‘rsatkichlari g‘alabani ta’minladi. Ulug‘bekka nisbatan bo‘yicha ancha baland bo‘lgan mezbonlar vakili bu ustunligidan unumli foydalandi. Ulug‘bek besh raunddan ikkitasini o‘z foydasiga hal qildi. Lekin so‘nggi raundda raqibining kuchli zarbasidan nokdaunga tushgan hamyurtimiz mag‘lubiyatini tan olishga majbur bo‘ldi.

Bogomazov umumiy hisobni tenglashtirdi - 1:1. 

Ringga 69 kilogramm vazn toifasidagi bokschilar - Artyom Zaytsev hamda  Odiljon Aslonov taklif etildi. 

WSB turnirida ilk marotaba qatnashayotgan Odiljon Aslonov ham Ulug‘bekning xatosini takrorladi. Bu bokschimiz kuchini teng taqsimlay olmadi. To‘rtta raundan ikkitasida istunlik qilgan Aslonov hal qiluvchi beshinchi raundda raqibiga imkoniyatni boy berib qo‘ydi. 

Qolaversa, Artyom Zaytsev tezkor zarbalari bilan ochko ishlayotgan jarayonda Odiljon bir kuchli zarba bilan g‘alaba qozonmoqchi bo‘ldi. Bu jangda mezbonlarning tajribali bokschi tanlagan taktika samaraliroq bo‘ldi.

“Patriot boxing team" bokschilari umumiy hisobda oldinga chiqib oldi - 2:1.

Bugungi uchrashuvning to‘rtinchi bahsida 81 kilogram vazn toifasida Pavel Silyagin va Madiyor Saidrahimov o‘zaro raqobatlashadi.

Bokschilar ringga chaqirildi.

+91 kilogramm

Artyom Suslenkov - Mirzobek Hasanov

SPORTS.uz

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!