Pedro faoliyatini A Seriyada davom ettirishi mumkin

  • 19.07.2018 20:47
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol

Londonning "Chelsi" klubi vingeri Pedro Rodriges faoliyatini Italiya chempionatida davom ettirishi mumkin. Bu haqda Tribalfootball nashri xabar tarqatmoqa.

Unga ko‘ra 30 yoshli ispaniyalik futbolchiga Rimning “Latsio” klubi jiddiy qiziqish bildirmoqda. Rimliklar Pedro uchun “aristokratlar”ga 25 million evro to‘lashga tayyor.

Ta’kidlash kerakki, “Latsio” Pedroni yaqindagina “Vest Xem”ga o‘tib ketgan futbolchisi Felipe Andersonga munosib o‘rinbosar sifatida qarashmoqda.

Ma’lumot uchun, Pedro o‘tgan mavsum “Chelsi” safida jami 48ta o‘yinda maydonga tushgan va o‘z hisobiga 7ta gol hamda 5ta golli uzatma yozdirib qo‘yishga erishgan. Uning londonliklar bilan amaldagi shartnomasi esa 2019 yilga qadar imzolangan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!