Pellegrini: Jekoni yaxshi bilaman, ammo biz hozir uning transferi haqida o‘ylamayapmiz

  • 19.10.2018 13:31
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol

Londonning “Vest Xem” klubi bosh murabbiyi Manuel Pellegrini “Roma”dagi sobiq shogirdi Edin Jekoni sotib olinishi mumkinligi haqidagi xabarlarga o‘z munosabatini bildirib o‘tdi.

“Siz “Vest Xem” aloqaga chiqayotgan besh, olti yoki etti nafar futbolchi haqida gapirishingiz mumkin. Biz faqat bir futbolchi haqida gapirmasligimiz lozim.

Men Jekoni yaxshi bilaman, lekin hozir uning transferi haqida o‘ylamayapmiz”, - deydi Pellegrini.

Eslatib o‘tamiz, Jeko 2013-2015 yillarda “Manchester Siti”da aynan Pellegrini qo‘l ostida to‘p surgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!