
Penchak silat bo‘yicha «Zangiota hokimi» kubogi musobaqasi yakunlandi
Toshkent viloyati Zangiota tumanida O‘zbekiston penchak silat federatsiyasi Toshkent viloyat bo‘linmasi tomonidan «Zangiota hokimi» kubogi musobaqasi o‘tkazildi.
Unda “Mir fight”, Sultonlar, Xo‘ja, Alfa, “Mega sport”, «Qalqon» sport klublari va Shayxontohur tumani 1-sonli bolalar va o‘smirlar sport maktabi jamoasi vakillari g‘oliblik uchun bahslashdi.
– Bu kabi musobaqalar yosh sportchilar uchun juda keraklidir, – deydi O‘zbekiston penchak silat federatsiyasi Toshkent viloyati bo‘linmasi raisi Odiljon Normatov. – Umid qilamizki, ular bu kabi musobaqalarda toblanib, kelgusida yuqori natijalar ko‘rsatib, mamlakatimiz sharafini yanada yuksaltiradi.
Musobaqada Shohruh va Shahzod Obidjonov, Bexruz Yusupov, Alaziz Ne’matullaev, Zabixullox va Xojakbar Hikmatullaev, Behrus va Bekzod Odiljonov, Mohir Asqarov, Javohir Zokirov, Asadbek Mirhaydarov, Xasan va Husan Azimjonov, Zulximor Saydullaeva, Diana Osmanova, Zulfiya Hojimurodova, Nozima Komilbekova shohsupaga ko‘tarildi.
Musobaqa yakunida jamoalari o‘rtasida “MIR FIGHT” sport klubi «Zangiota hokimi» kubogini qo‘lga kiritdi.
– Turnir yuqori kayfiyatda va sog‘lom raqobatda ostida o‘tdi. So‘nggi yillarda viloyatimizdan penchak silat yuqori suratlarda ommalashmoqda. O‘zbekiston penchak silat federatsiyasi tomonidan bizning bo‘linmamizga ulkan e’tibor qaratilmoqda. Bunday e’tibor uchun federatsiyamizga o‘z minnatdorchiligimizni bildiramiz, – deydi O‘zbekiston penchak silat federatsiyasi Toshkent viloyati bo‘linmasi raisi o‘rinbosari Qobiljon Jalolov.
Fikrlar