
Peres Marseloni qanchaga sotmoqchi?
Madridning "Real" klubi prezidenti Florentino Peres jamoa himoyachisi Marseloning transfer narxini e’lon qildi.
Tuttosport nashri tarqatgan xabarga ko‘ra “qirollik klubi” rahbari 30 yoshli braziliyalik futbolchini kamida 50-60 mln evrodan kamisha qo‘yib yubormaydi. Ma’lumotlarga qaraganda Turinning “Yuventus” klubi qishki transferlar davrida Peres so‘ragan mablag‘ni to‘lab, futbolchini sotib olishga tayyor.
Ma’lumot uchun, Marselo joriy mavsum “Real” safida jami 8ta o‘yinda maydonga tushdi va o‘z hisobiga 1ta gol hamda 1ta golli uzatma yozdirib qo‘yishga erishdi.
Fikrlar