
Pochettino: Iguain Azar, Morata va Jirudan kam emas
Londonning "Tottenxem" klubi bosh murabbiyi Maurisio Pochettino bugun Angliya liga kubogi doirasida “Chelsi”ga qarshi bo‘lib o‘tadigan o‘yin oldidan o‘z fikrini bildirib o‘tdi.
“Iguain xuddi Azar, Morata va Jiru kabi yuqori darajali futbolchi hisoblanadi. Raqib jamoa safida kimlar tushishidan qat’iy nazar o‘yin qiyin kechadi. Biz kerakli natijaga erishish uchun qo‘limizdan kelgancha harakat qilamiz”, - argentinalik mutaxassis.
Eslatib o‘tamiz, "Chelsi" - "Tottenxem" o‘yini bugun Toshkent vaqti bilan soat 00:45da boshlanadi.
Fikrlar