Pogba: Bugun eng kuchli jamoalardan biriga qarshi maydonga tushamiz

  • 20 oktabr, 2018, 09:20
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Manchester Yunayted" klubi yarim himoyachisi Pol Pogba Angliya chempionati 9-turida "Chelsi" bilan bo‘ladigan o‘yindan ko‘p narsa kutayotganini aytib o‘tdi.

Tecno


- Men uchun bunday darajadagi o‘yinlar futbolda bo‘lgani yaxshiroq. Sen nomdor jamoada va ulkan tarixga ega eng yaxshi futbolchilarga qarshi maydonga tushasan.


- Bu mavsum "Chelsi" to‘pni yaxshi nazorat qilmoqda va ko‘plab g‘alabalarni qo‘lga kiritdi. Eden Azarni alohida ta’kidlash shartmas. U ajoyib sport formasida. Ayni damda Premer-liganing eng yaxshi o‘yinchilaridan biri.Ular g‘alaba qozonishni istashadi. biz ham xuddi shunday. "Chelsi" va "Manchester Yunayted" o‘yini har doim katta voqea, - deydi Pogba.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!