26-27 noyabr
PLEY-OFF
1-juftlik. "Mash’al" – "Sherdor"
2- juftlik. "Istiqlol" – "Nurafshon"
3 dekabr
PLEY-OFF
Superliga 11-o‘rin –1- juftlik
4 dekabr
PLEY-OFF
Superliga 10-o‘rin – 2- juftlik
Xabaringiz bor bugun Pro-liganing so‘nggi 36-tur uchrashuvlari o‘z nihoyasiga etdi. Yakuniy natijalarga ko‘ra “A” guruhida “Andijon” chempionlikni qo‘lga kiritgan bo‘lsa, ikkinchi o‘rin “Mash’al”ga, uchinchi o‘rin esa “Istiqlol”ga nasib etdi. “B” guruhida esa “Nurafshon” chempionlikka erishdi. Pley-offga yo‘llanma beruvchi ikkinchi o‘rinni esa “Sherdor” klubi qo‘lga kiritdi.
Musobaqa reglamentiga ko‘ra “A” guruhida 2-o‘rinni egallagan jamoa “B” guruhida ikkinchi o‘rinni egallagan jamoaga qarshi pley-offda o‘ynaydi. “B” guruhi chempioni esa “A” guruhida uchinchi o‘rin egasiga aylangan klubga qarshi bahs yuritadi. Bu o‘yinlarning barchasi Toshkentdagi TTMI maydonida bo‘lib o‘tadi.
Ushbu juftliklar g‘olibi esa mos ravishda Superliga yo‘llanmasini qo‘lga kiritish uchun Superligada 10- va 11- o‘rinni egallagan jamoalarga qarshi maydonga tushishadi.
26-27 noyabr
PLEY-OFF
1-juftlik. "Mash’al" – "Sherdor"
2- juftlik. "Istiqlol" – "Nurafshon"
3 dekabr
PLEY-OFF
Superliga 11-o‘rin –1- juftlik
4 dekabr
PLEY-OFF
Superliga 10-o‘rin – 2- juftlik
Fikrlar