Professional bokschilarimiz Ekaterinburgda navbatdagi janglarini o‘tkazishadi

  • 03.07.2018 11:23
  • 0
  • Boks
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Joriy yilning 14 iyul kuni Rossiyaning Ekaterinburg shahrida professional boks janglari tashkil qilinadi. Ushbu boks kechasida ikki nafar hamyurtimiz ham ringga chiqishi rejalashtirilgan.

Dastlab Qobiljon Hosilov 6 raundlik jangda mezbonlar vakili Igor Adleyba bilan kuch sinashadi. Hozircha bokschimiz hisobida 1 mag‘lubiyat va 1 durang bo‘lsa, rossiyalik bokschi 3 ta jang o‘tkazib, barchasida g‘alaba qozongan.

Yana bir qarama-qarshilikda mag‘lubiyat nimaligini bilmay kelayotgan Mirzohidjon Abdullaev (3-0-1) Sergey Kojuhar bilan kuch sinashadi. Bu bokschi shu vaqtga qadar uchta jang o‘tkazib, 2 g‘alaba va 1 durang qayd etgan. Jang 6 raund etib belgilangan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!