Professional bokschimiz Husniddin Po‘latov Seulda g‘alaba qozondi

  • 22.05.2018 15:57
  • 0
  • Boks
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

O‘zbekistonlik professional bokschi Husniddin Po‘latov o‘zining navbatdagi jangini bugun Janubiy Koreyaning Seul shahrida o‘tkazdi.

Mazkur qarama-qarshilikda unga xitoylik Jo Lyu Dong raqiblik qildi. 66 kg vazn toifasida o‘tgan jang 6 raund davom etib, bellashuv yakunlariga ko‘ra, hamyurtimiz bir ovozdan g‘olib deb topildi.

Eslatib o‘tamiz, bokschimiz Hozirda bokschimiz Bobur Najmiddinov qo‘l ostida Janubiy Koreyaning "Cocky Buffalo" promousheni tarkibida faoliyat olib borayapti.

Avvalombor barcha yurtdoshlarimga salom yo‘llab qolaman. Koreyadagi janglarimni ham g‘alaba bilan boshlab oldim. Buning uchun meni qo‘llab-quvvatlagan barcha muxlislarga, yurtdoshlarimga o‘z minnatdorlimgimni bildiraman. Shu o‘rinda ustozim Bobur Najmiddinovga ham rahmat. Jangdagi g‘alabamda uning hissasi katta. Umid qilamanki, biz birgalikda ana shunday g‘alabali seriyalarni davom ettiramiz, – deydi Husniddin Po‘latov.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!