Professional bokschimiz Xushnud Mamatqulovga raqib topildi
Rossiyaning Solnechniy qishlog‘ida joylashgan "Event-Hall" kontsert saroyida profesional boks bo‘yicha musobaqa o‘tkaziladi.
Rossiya boks federatsiyasi tomonidan tashkil etilayotgan mazkur boks kechasi 27 may kuni bo‘lib o‘tishi rejalashtirilmoqda.
Musobaqaning og‘ir vazn toifasida yosh bokschimiz Xushnud Mamatqulov (0-2-0) rossiyalik Zaur Aylarov(1-0-0)ga qarshi ringga ko‘tariladi.

Fikrlar