Putin Rossiya – Misr uchrashuviga kela olmaydi

  • 16 iyun, 2018, 12:02
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Rossiya prezidenti Vladimir Putin JCh–2018 guruh bosqichi 2-turidan o‘rin olgan Rossiya – Misr uchrashuvini stadiondan bevosita turib tomosha qila olmaydi. Bu haqda prezident matbuot kotibi Dmitriy Peskov ma’lum qildi.

Tecno

“Hozircha buning imkoni bo‘lmayapti”, – dedi Peskov.

Rossiya va Misr o‘rtasidagi uchrashuv 19 iyun kuni bo‘lib o‘tadi. Shu kuni Putin Belarusda o‘tadigan yuqori kengashda ishtirok etadi.

Ma’lumot uchun, Vladimir Putin 14 iyun kuni Moskva shahridagi “Lujniki” stadionida o‘tkazilgan Rossiya va Saudiya Arabistoni o‘rtasidagi JCh–2018 ochilish uchrashuvini stadiondan kuzatgandi. Maydon egalari 5:0 hisobida zafar quchgandi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!