
Qo‘l jangi federatsiyasida yilning eng yaxshilari taqdirlandi (foto)
O‘zbekiston huquqni muhofaza qilish organlari qo‘l jangi federatsiyasida 2018 yil yakunlariga bag‘ishlangan konferentsiya bo‘lib o‘tdi.
Konferentsiyada federatsiya raisining o‘rinbosari hisoboti tinglandi. Kun tartibidan o‘rin olgan ijroiya qo‘mitasi, nazorat-taftish komissiyasi a’zolari qayta saylandi. Shuningdek, federatsiya ramzini o‘zgartirish bo‘yicha fikr almashildi. Yig‘ilish yakunida, turli nominatsiya g‘oliblari taqdirlandi.
“Yilning eng yaxshi sportchisi”, “Yilning eng yaxshi yosh sportchisi”, “Yilning eng yaxshi ayol sportchisi”, “Yilning eng yaxshi murabbiyi”, “Yilning eng yaxshi hakami”, “Yilning eng yaxshi respublika musobaqasi” kabi nominatsiyalar g‘olib bo‘lganlar taqdirlandi.
Fikrlar