Raboning otasi vafot etdi
Frantsiyaning PSJ klubi yarim himoyachisi Adriana Raboning otasi vafot etdi. Bu haqda Le Parisien nashri xabar bermoqda.
Unga ko‘ra futbolchining otasi Mishel Provost 12 yillik og‘ir hastalikdan so‘ng olamdan ko‘z yumgan.
Eslatib o‘tamiz, Raboning PSJ bilan amaldagi shartnomasi mavsum yakunida o‘z nihoyasiga etadi va u yozda jamoasini o‘zgartirishni rejalashtirmoqda. Unga ayni damda “Tottenxem” va “Barselona” klublaridan jiddiy takliflar mavjud.
Fikrlar