
Rami: Mening mo‘ylovim - Frantsiyada eng mashhuri
Frantsiya terma jamoasi himoyachisi Adil Rami har uchrashuvdan oldin jamoadagilar uning noodatiy mo‘yloviga teginishlari odat tusiga kirgani va bu ularga omad keltirgani haqida aytib o‘tdi.
“Final bahsidan oldin Grizmann mo‘ylovimga tegdi, va xatto Dide Desham ham omad uchun bu ishni amalga oshirdi. Mana endi ushbu mo‘ylov butun Frantsiyadagi eng mashhur mo‘ylovga aylanadi. Men buni hech qachon unutmayman, ammo, terma jamoada men uchun hammasi yakunlandi”, - deydi Rami.
Ta’kidlash kerakki, Rami JCh-2018 davomida birorta o‘yinda ham ishtirok etmadi.
Fikrlar