Ramzan Kadirov Nurmagomedov va Meyvezer jangini yuqori darajada tashkil qilib bermoqchi

  • 31 oktabr, 2018, 18:02
  • 0
  • Boks
CHERY AUTO

Checheniston respublikasi rahbari Ramzan Kadirov so‘zlariga ko‘ra, Groznyy shahri besh vazn toifasining sobiq jahon chempioni Floyd Meyvezer va UFC chempioni Xabib Nurmagomedov o‘rtasidagi boks qoidalari bo‘yicha jangini qabul qilishga tayyor.

Tecno

Biz jahon darajasida sport, siyosiy, madaniy tadbirlarni tashkillashtirishda boy tajribaga egamiz, – deydi Kadirov. – Agar Xabib va Floyd jang borasida kelishuvga erishsa, biz mamnuniyat bilan Grozniyga bunday imkoniyatni taqdim qilamiz. Biz uni yuqori darajada tashkil qilamiz.

Checheniston rahbari shuningdek, bu sportchilar bilan aloqalari haqida gapirib o‘tdi.

Albatta, men Xabibga muxlislik qilaman. U bizning jangchi – musulmon, rossiyalik, kavkazlik. O‘z vaqtida men Meyvezer iqtidori ishqiboziman. Uni juda hurmat qilaman. U biznikiga o‘z uyina kelganday keladi. Uning so‘zlari: “Men Chechenistonda uy qurishni va Grozniyda yashashni, Rossiya fuqaroligini olishni istayman”. Men u bilan yaxshi, do‘stona, aka-ukalardek munosabatdamiz, – deydi Kadirov.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!