Ramzan Kadirov Xabib Nurmagomedovga avtomobil sovg‘a qildi
Checheniston prezidenti Ramzan Kadirov rossiyalik jangchi Xabib Nurmagomedovga avtomobil sovg‘a qildi.
Engil vaznda UFC chempioni 6 oktyabr kuni irlandiyalik Konor Makgregor bilan bo‘lgan jangda kamarni himoya qildi. Jang Las-Vegasdagi UFC 229 turnir doirasida bo‘lib o‘tdi.
– Chempionimiz Xabib Xabib Nurmagomedov akasi Ramzan Kadirovdan shunday sovg‘ani qabul qilib oldi. Eng qiziqarlisi, uning o‘zi bizni shaxsan chegaragacha kuzatib qo‘ydi, – deb yozadi taniqli MMA jangchisi Shamil Zavurov Instagram sahifasida.




Fikrlar