Rasman! "Real" himoyachisi "Borussiya" Dortmundga ko‘chib o‘tdi

  • 11.07.2018 21:28
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Dortmundning “Borussiya” klubi “Real” himoyachisi Ashraf Hakimining transferini e’lon qildi.

Tecno

Unga ko‘ra nemis klubi 19 yoshli marokashlik futbolchini 2019 yilning yoziga qadar ijaraga olishgan. Biroq, hozircha futbolchining shartnomasida “Borussiya” uni keyinchalik to‘liq sotib olish huquqi kiritilganmi youi yo‘q bunisi noma’lum.

Ma’lumot uchun, Hakimi “Real” tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. U 2017 yildan buyon “qirollik klubi”ning asosiy jamoada to‘p surib kelayotgan edi. O‘tgan davr mobaynida u jami 17ta uchrashuvda ishtirok etgan va o‘z hisobiga 2ta golli uzatma yozdirib qo‘yishga erishgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!