"Real" futbolchilari ba’zan Kurtuaning jig‘iga tegishadi

  • 06.09.2018 12:35
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol

"Real" Madrid klubi darvozaboni Tibo Kurtua ayni damdagi jamoadoshlari uning 2014 yil “Atletiko” safida EChL finalida imkoniyatni boy berganini eslatishib, hazillashishlarini tan oldi.

“Ba’zan “Real” futbolchilari men “Atletiko” safida mag‘lub bo‘lgan Chempionlar ligasi finali haqida gapirib, jig‘imga tegishadi.

“Real” – juda raqobatbardosh jamoa. Ular yana g‘alaba qozonishda davom etishni istashadi.

Bu erda menga eng yoqqani endi farzandlarimni har kuni ko‘raman”, - deydi belgiyalik posbon.

Eslatib o‘tamiz, Kurtua 2011-2014 yillarda Madridning boshqa bir jamoasi – “Atletiko” sharafini himoya qilgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!