“Real” nega Kazemiroga Ispaniya fuqaroligini olib bermoqchi?
Madridning “Real” klubi rahbariyati braziliyalik yarim himoyachichi Kazemironi mahalliylashtirish ishlarini boshlab yubordi.
Marca nashri tarqatgan xabarga ko‘ra “qirollik klubi”dagilar jamoada Evropa ittifoqi mamlakatidan bo‘lmagan futbolchilarga beriladigan limitni bo‘shatish uchun Kazemiroga Ispaniya fuqaroligini olib berishmoqchi.
Ma’lumotlarga ko‘ra “Real” rahbariyati allaqachon Kazemironing xujjatlarini Ispaniya qirollik futbol federatsiyasiga va La Liga mutasaddilariga taqdim etgan.
Fikrlar