Remzi "Liverpul"ga kerak emas

  • 01.11.2018 22:28
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol

“Liverpul” “Arsenal” yarim himoyachisi Aaron Remzining transferiga qiziqish bildirmayapti. Bu haqda Sky Sports nashri xabar tarqatmoqda.

Eslatib o‘tish lozimki, bundan avvalroq mersisaydliklar yozda “kanonirlar” bilan shartnomasi yakuniga etadigan 27 yoshli uelslik futbolchini o‘z saflarida ko‘rish niyatlari borligi haqida xabarlar tarqalgan edi.

Ta’kidlash lozimki, Remzi bundan avvalroq mavsum yakunida “Arsenal”dan ketishini tasdiqlagan edi. Unga shuningdek “Manchester Yunayted” va “Milan” klublaridan ham qiziqishlar mavjud.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!