Remzi Londonda qoladi

Uelslik futbolchining xizmatlariga Turkiya klublari, shuningdek «Barselona», «Latsio», «Chelsi» va «Manchester Yunayted» jamoalari qiziqish bildirgani borasida xabarlar tarqalgan edi.

Mirror xabariga ko‘ra, "to‘pchilar" Remzi katta maosh so‘rayotganiga qaramasdan, kelishuvni uzaytirishga ishonmoqda.

Ma’lumot uchun, Remzi 2008 yil "Kardiff Siti" safidan "Arsenal"ga kelib qo‘shilgan edi va jamoa bilan uch marta Angliya kubogida zafar quchdi.

O‘tgan mavsum esa APLda 24 bellashuvda ishtirok etib, 7 ta gol kiritdi hamda 8 ta  golga assistentlik qildi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!