
Rojer Federer yana tarixga kirdi
Shveytsariyalik Rojer Federer Top-10 da 850 haftadan ko‘proq vaqt turgan yagona tennischi sifatida tarixga kirdi.
Rojer ilk marotaba 2002 yilda Top-10 ga kirib, 2016 yilgacha eng kuchli o‘n tennischi qatoridan tushmagan. Afsuski, 2016 yili jarohat sabab reytingda pastlagan. Biroq 2017 yilda u yana Top-10ga qaytgan.
Ayni damdan Rojerdan keyin ushbu ro‘yxatda Jimmi Konnors (814 hafta) va Andre Agassi (747 hafta) egallab turibdi.
Fikrlar