Ross Barkli: Balkim Azar ayni damda dunyoning eng yaxshi futbolchisidir

  • 27 sentabr, 2018, 20:01
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Londonning "Chelsi" klubi yarim himoyachisi Ross Barkli jamoadoshi Eden Azarning imkoniyatlarini juda yuqori baholadi.

“Balkim u ayni damda dunyoning eng yaxshi futbolchisidir. Azar so‘nggi 5-6 yil ichida yuqori darajada o‘yin ko‘rsatib kelmoqda.  Messi va Ronaldu bilan tenglashtirish? Ular Edendan ko‘ra qizg‘anchiqroq. Chunki Azar ulardan farqli ravishda ko‘proq golli uzatmalarni amalga oshiradi. U jamoasi g‘olib chiqishini xohlaydi”, - deydi Barkli.

Ma’lumot uchun, Azar joriy mavsum “Chelsi” safida jami 7ta o‘yinda maydonga tushib, o‘z hisobiga 6ta gol hamda 2ta golli uzatma yozdirib qo‘yishga erishgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!