
Sabina Sharipova yarim finalga yo‘l oldi
Xalqaro tennis federatsiyasi tomonidan Andijon shahrida o‘tkazilayotgan tennis turnirining xotin-qizlar o‘rtasidagi yakkalik bahslarda chorak final uchrashuvlari o‘tkazilmoqda.
Mazkur bochqichda mamlakatimizning birinchi raqamli tennischisi Sabina Sharipova ukrainalik Valeriya Straxovaga qarshi kortga chiqdi. Sabina ushbu o‘yinda 6:2, 6:3 hisobida zafar quchdi.
Endi Sabina yarim finalda belaruslik Irina Shimanovich va rossiyalik Varvara Flink uchrashuvi g‘olibisha qarshi o‘yin o‘tkazadiyu
Fikrlar