Salaning jasadi vataniga yuborildi

  • 16.02.2019 09:30
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol

Fojeali aviahalokatga uchragan argentinalik futbolchi Emiliano Salaning jasadi o‘zi tug‘ilib o‘sgan Progresso shahriga yuborildi.

Ovacion nashri tarqatgan xabarga ko‘ra bugun, 16 fevral kuni 28 yoshli futbolchini so‘nggi yo‘lga kuzatish tadbiri bo‘lib o‘tdi.

Eslatib o‘tamiz, Sala “Kardiff” tarixidagi eng qimmat transferga aylangan edi. Ammo, u 21 yanvar kuni yangi jamoasi safiga borib qo‘shilish uchun Frantsiyadan Buyuk Britaniyaga shaxsiy samolyotda yo‘lga chiqqan edi. Biroq, Sala La-Mansh bo‘g‘ozida halokatga uchradi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!