Sambochilarimiz JCh-2018ni g‘alaba bilan boshlashdi

TIGGO 2 PRO

Ruminiyaning Buxarest shahrida start olgan sambo bo‘yicha jahon chempionatini vakillarimiz g‘alaba bilan boshlashdi.

Dastlab ayollar o‘rtasidagi bellashuvlarda 48 vazn toifasida brtimiz sharafini himoya qilayotgan Nodira Gulova isroillik Daniela Shvartsmanni musobaqadan chiqarib yubordi.

Erkaklar o‘rtasidagi bahslarda esa Kamoliddin Xolmamatov (-90 kg) tojikistonlik Kamronshoh Ustopiriyondan ustun kelib keyingi bosqichga yo‘l oldi.

Bugun shuningdek, oldinda yana uch nafar sportchimiz o‘z ishtiroklarini boshlaydi. Ular Ahmad Rahmatullaev (-52 kg), Sarbon Ernazarov (-68 kg).

Jangovar sambo yo‘nalishida esa Hakimjon Ismoilov (+100 kg).

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!