Sanjar Rashidov: Muxlislardan qarzimiz bor edi

  • 12 iyul, 2018, 22:21
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Bugun Pepsi Superliga qoldirilgan 14-tur doirasida “So‘g‘diyona” o‘z maydonida “Buxoro”ni qabul qildi va yirik hisobda g‘alaba qozondi. O‘yindan so‘ng bahsda eng yaxshi futbolchi deb topilgan,"So‘g‘diyona" jamoasi sardori Sanjar Rashidov matbuot anjumanida qatnashdi. Bu haqda Jizzax klubi matbuot xizmati xabar bermoqda.  

"O‘yin og‘ir bo‘ldi. Bunday bahs bo‘lishini bilardik va munosib tayyorgarlik ko‘rdik. Murabbiyimiz hujumkor o‘yin ko‘rsatishimizni aytdi va biz buni uddaladik, ham g‘alaba qozondik.

"Metallurg"ga qarshi bahsdagi mag‘lubiyatdan so‘ng muxlislardan qarzimiz bor edi. Bugungi g‘alaba bilan barchani tabriklayman. Jamoaga qaytganimdan xursandman. Muxlislarga katta raxmat", - deb aytib o‘tdi Rashidov.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!