Sanjar azaliy raqibidan o‘ch oldi

Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Andijondagi "Fyuchers" turniri hamyurtimiz Sanjar Fayziev g‘alabasi bilan yakunlandi.

 

Tajribali tennischimiz final uchrashuvida azaliy raqibi - hindistonlik Sriram Balaji bilan raqobatlashdi. Bungacha Sanjar hindistonlik raqibiga ikki marotaba yutqazgan edi.

Sanjar bosh sovringa yaqinlashmoqda
Sanjar finalda o‘ynaydi

Tennischilarning uchinchi uchrashuvi o‘zbekistonlik raketka ustasining to‘liq ustunligida o‘tdi. Bir soatu ikki daqiqa davom etgan o‘yinda 6:3, 6:3 hisobida zafar quchgan Sanjar Fayziev bosh sovringa ega bo‘ldi.

Sanjar Fayziev faoliyati davomida O‘zbekiston, Qozog‘iston va Kuvaytdagi turnirlarning yakkalik va juftlik musobaqalarida bir necha marotaba g‘olib bo‘lgan.

SPORTS.uz

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!