Sanjar birdaniga ikki sovrinni ko‘zlamoqda
Namangandagi "Fyuchers" turnirida yurtimiz sharafini himoya qilayotgan Sanjar Fayziev bosh sovringa davogarlik qilmoqda.
Eng kuchli tennischimiz g‘alaba uchun uch soat kurashdi
Temur tezlikni oshirdi
Yakkaliklar bahsida birinchi raqamda saralangan hamyurtimiz chorak final uchrashuvini rossiyalik Markos Kalovelonisga qarshi o‘tkazdi va qariyb ikki soat davom etgan o‘yinda 7:6, 7:5 hisobida zafar quchdi. Sanjar yarim finalda belaruslik Dmitriy Jirmont bilan raqobatlashadi.
Turnirda qatnashayotgan Temur Ismoilov esa kutilmaganda rossiyalik Mixail Fufiginga yutqazib qo‘ydi. Temur birinchi setni 2:6 hisobida boy berdi. Ikkinchi raundda ham mehmon tennischi 1:3 natija qayd etgach, hamyurtimiz o‘yinni to‘xtatdi.
Musobaqaning juftlik bellashuvlari finalida Sanjar Fayziev va qozog‘istonlik Temur Xabibulin dueti o‘ynaydigan bo‘ldi. Hamyurtimiz o‘z sherigi bilan birga yarim finalda birinchi raqamda saralangan hindistonlik Shriram Balaji va Vishni Vardxanni 7:6, 6:3 hisobida engdi.

Izohlar (0)