Sanjarbek Rahmonov bugun Floyd Meyvezer ko‘z o‘ngida jang qiladi
Bugun Floyd Meyvezerga qarashli “Mayweather Promotions” promouterlik kompaniyasi tashkil etgan professional boks kechasida ushbu tashkilot bilan hamkorlik qilayotgan hamyurtimiz Sanjarbek Rahmonov (6-0-1, 3 KO) navbatdagi jangini o‘tkazadi.
Kaliforniya shtatida bo‘ladigan jangda Sanjarbek Rahmonovga qarshi jang AQSh sharafini himoya qilayotgan meksikalik Xose Marrufoga (10-5-2) qarshi ringga chiqadi.
25 yoshli Xose Marrufo professional bokschilik faoliyatini 2011 yili boshlagan va shu kungacha 10 ta uchrashuvda g‘alaba qozongan. Shuningdek, bu bokschi beshta mag‘lubiyat va ikkita durang ham qayd etgan.

Sanjarbek Rahmonov esa profesional ringda 2015 yildan buyon jang o‘tkazmoqda. Havaskorlar boksida katta tajribaga ega bo‘lgan hamyurtimiz shu kungacha oltita g‘alaba va bitta durang qayd etgan.
Sanjarbek Rahmonov va Xose Marrufo jangi sakkiz raund qilib belgilandi.
Jang tafsilotlari bilan SPORTS.uz axborot portalida tanishishingiz mumkin.

Izohlar (0)