Sarri: Kepa katta xato qildi, ammo uni chetlatmaymiz

"Chelsi" klubi bosh murabbiyi Mauritsio Sarri "Manchester Siti"ga qarshi bahsda "aristokratlar" darvozaboni Kepa Arrisabalaganing o‘zini zahiraga olinishidan bosh tortganligi haqida o‘z fikrini bildirdi.

- Men Kepa bilan bu borada gaplashib ko‘rdim. U butun texnik xodimlardan, jamoadoshlaridan uzr ham so‘radi. Aytib o‘tishim joizki, u katta xato qildi, biroq uni chetlatish niyatimiz yo‘q, - deya Sarrining so‘zlaridan iqtibos keltiradi Sky Sports nashri.

"Tottenxem"ga qarshi Arrisabalaga maydonga tushadimi?

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!