Saul Alvares hamyurtiga qarshi ringga chiqadi
Birinchi o‘rta vazn toifasining WBO kamari sohibi meksikalik Saul Alvares o‘zining navbatdagi jangini 6 may kuni o‘tkazadi.
Uning bu galgi raqibi kichik Xulio Sezar Chaves bo‘ladi. Bu haqda ESPN nashri tarqatgan. Biroq katta ehtimol bilan Las-Vegasda o‘tkazilishi kutilmoqda.

26 yoshli Alvares professional faoliyati davomida 48 g‘alaba (34 nokaut), bittadan mag‘lubiyat va durang qayd etgan. Uning raqibi 30 yoshli Chaves hisobida esa 50 g‘alaba (32 nokaut), 2 mag‘lubiyat va 3 durangga erishgan.

Fikrlar