Senegallik futbolchi endi Ispaniya terma jamoasida o‘ynashi mumkin

  • 27.09.2018 22:35
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol

“Lion” klubining senegallik yarim himoyachisi Pap Sheyk Dop Ispaniya futbol fuqaroligini oldi.

Football Espana nashri tarqatgan xabarga ko‘ra 21 yoshli afrikalik futbolchi 6 yil davomida Ispaniyada yashab “Selta” klubida to‘p surgan. 2017 yilda esa 10 million evro evaziga “Lion”ga ko‘chib o‘tgan.

Dop Ispaniya U-21 va U-19 terma jamoalarida to‘p surgan. Endi esa Luis Enrike bemalol uni ham Ispaniya terma jamoasiga jalb etishi mumkin.

“Meni bir necha marta Senegal terma jamoasiga chaqirishdi, lekin men Ispaniya tarafda qolishni xohlayman.

Albatta, men hech qachon tug‘ilib o‘sgan joyimni unutmayman. Men senegallikman, biroq, shu bilan birga o‘zimni ispaniyalikman deb ham his qilaman. Shuning uchun qabul qilgan qarorimdan mamnunman”, - deydi Dop.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!