Serena Uilyamsning "Rolan Garros"dagi libosi barchani hayratga solmoqda (foto)
Xabaringiz bor, ayni kunlarda Frantsiya poytaxtimida tennis bo‘yicha "Rolan Garros" musobaqasi bo‘lib o‘tmoqda. Ushbu musobaqada raketka ustalarining o‘yinidan tashqari ularning tashqi ko‘rinishlari ham ko‘pchilikning diqqat-markazida bo‘ladi.
Xususan, amerikalik mashhur tennischi Serena Uilyamsning kecha kiyib chiqqan libosi barchani hayratga soldi. Tennischining o‘zi esa kiyimning aynan mana shunday noan’anaviyligi unga kort bo‘ylab harakat qilishida engillik yaratayotganini va musobaqalarda shunday libosda o‘ynashini ta’kidladi.



Eslatib o‘tamiz, Serena kecha 1-davra doirasida chexiyalik Kristina Plishkovaning ikki setda 7:6 va 6:4 hisoblarida mag‘lubiyatga uchratgan edi. Uning keyingi davradagi raqibasi avstraliyalik Eshli Barti bo‘ladi.

Fikrlar