Server Jeparov "Jetisu"dan nega ketganini bilasizmi?

  • 25 noyabr, 2018, 10:20
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
BEPUL PROPAN

Osiyoning ikki karra eng yaxshi futbolchisi bo‘lgan Server Jeparov faoliyatini Qozog‘istonning “Jetisu” klubida davom ettirayotganidan xabaringiz bor edi. Ammo hamyurtimizning qo‘shni mamlakatdagi hayoti uzoq davom etmadi. Yaqindan tarqalgan xabarga ko‘ra u “Jetisu”ni tark etgan va Toshkentga qaytib kelgan.

SPORTS.uz muhbiri esa tajribali futbolchimiz bilan bog‘landi va qozoq klubidan nega ketganligi haqida so‘radi.

- Server, sizning “Jetisu”dan ketishingiz barchamiz uchun kutilmagan voqeaga aylandi. Aslida nima bo‘ldi?

- Xabaringiz bo‘lsa, mening “Jetisu” bilan tuzgan shartnomam noyabr oyi oxiriga qadar edi. 21 oktyabr kuni chempionat doirasidagi o‘yinda jarohat olganimdan keyin shifokorlar salkam ikki hafta davomida yugurmasligim kerakligini maslahat berishdi. Tiklanishim uchun ham salkam 10 kun kerak edi. Shu sabab klub bilan o‘zaro kelishgan holda shartnoma nihoyasiga etishini kutib o‘tirmasdan uni bekor qildik.

- Klubda sizga nisbatan etarli darajada e’tibor qaratishmadimi?

- Bunday demagan bo‘lardim. Klubda hamma ishlar yaxshi yo‘lga qo‘yilgan. Jumladan, munosabatlar ham.

Server Jeparov bilan uyushtirilgan suhbatning to‘liq matnini tez orada saytimizda o‘qishingiz mumkin. Bizdan uzoqlashmang!

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!