Asosiy mazmunga oʻtish

Futbol

Sherzod Qosimov Xitoy Taypeyi – BAA o‘yinini boshqaradi

Shahzod
Izohlar: 0

Joriy yilning 18 oktyabr – 4 noyabr kunlari Indoneziyada 19 yoshgacha bo‘lgan futbolchilar o‘rtasida bo‘lib o‘tadigan Osiyo chemionatida ishlash uchun o‘zbekistonlik hakamlar Sherzod Qosimov va Andrey Tsapenko taklif olganlari haqida xabar berib o‘tgan edik.

Ushbu musobaqaning guruh bosqichidan o‘rin olgan Xitoy Taypeyi hamda BAA o‘rtasida bo‘lib o‘tadigan o‘yinni boshqarish uchun Sherzod Qosimov tayinlandi. Unga qanotda Andrey Tsapenko yordam beradi. Ushbu o‘yin 21 oktyabr kuni bo‘lib o‘tadi. Bu haqda O‘FA rasmiy sayti xabar  bermoqda.
Eslatib o‘tamiz, musobaqada dastlabki 4ta o‘rinni egallagan jamoalar kelasi yili Polshada bo‘lib o‘tadigan Jahon chempionatida qatnashish huquqini qo‘lga kiritadi.
Ulashish
SPORTS.uz'ning Facebook'dagi sahifasiga a’zo bo‘ling!

Izohlar (0)

Hozircha izohlar yo'q