Shota Arveladze: Tarkib teng bo‘lganida natija qanday bo‘lar edi, bilmayman

  • 19 sentabr, 2018, 00:34
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Kubok – sovrin sari eng yaqin yo‘l. Barchasini bir o‘yin hal qiladi. O‘yin va maydonda yaxshi muhit bo‘ldi. Bizga qarshi futbol o‘ynashni istaydigan kuchli raqib o‘ynadi. Tarkiblar teng bo‘lganda o‘yin qanday davom etishini aytish qiyin bo‘lardi.

Tecno

Bu uchrashuvdagi hal qiluvchi holat bo‘ldi. Ko‘plab vaziyatlar yaratgan va to‘rt to‘p kiritgan futbolchilarimni tabriklashni xohlayman. "Lokomotiv" kam bo‘lib qolganiga qaramay, kurashni davom ettirdi. 1:0 natijasi payti yana gol urishimiz yoki to‘p o‘tkazib yuborishimiz mumkin edi. Bir bo‘limdan ortiqroq kamchilikda o‘ynash hamisha mushkul. Endi navbatdagi bellashuvlarga jiddiy hozirlik ko‘rishni davom ettiramiz", - dedi gruziyalik mutaxassis.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!