
"Sog‘lom avlod uchun" Xalqaro hayriya fondi kubogi uchun stol tennisi bo‘yicha o‘tkazilgan musobaqa nihoyasiga etdi
Poytaxtimizdagi "Qushbegi" sport majmuida 2004-2005 yillarda tug‘ilgan o‘g‘il-qizlar o‘rtasida stol tennisi bo‘yicha “Sog‘lom avlod uchun” xalqaro xayriya fondi kubogi uchun XIII respublika turniri bo‘lib o‘tdi.
G‘olib va sovrindorlar bilan tanishing:
O‘g‘il bolalar (yakkalik)
1-Iskandarov Shoxruh, Samarqand viloyati,
2-Abdurasulov Muhammadamin, Buxoro viloyati,
3-Tursunov Alijon, Andijon viloyati.
Qiz bolalar (yakkalik)
1-Magdieva Marhabo, Toshkent viloyati,
2-G‘iyosova Norjon, Buxoro viloyati,
3-Polegaeva Diana, Toshkent shahri.
O‘g‘il bolalar o‘rtasida bo‘lib o‘tgan juftlik bahslarida 1-o‘rin Panov Nikita va Lutfullaev Davidga nasib etdi. Qiz bolalar o‘rtasidagi bellashuv G‘iyosova Norjon va Madalieva Jannatoyning g‘alabasi bilan nihoya topdi.
Navoiylik Yulduz Sadriddinova musobaqaning "Eng yosh ishtirokchi"si bo‘ldi.
Fikrlar