Solari "Barselona"dan uchralgan mag‘lubiyatdan so‘ng nimalar dedi?

  • 28.02.2019 09:00
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol

Madridning "Real" klubi bosh murabbiyi Santyago Solari kecha "Barselona"ga (0:3) qarshi bo‘lib o‘tgan o‘yindan so‘ng o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.

“Real” o‘z imkoniyatlaridan foydalanishi va kubok finaliga chiqishi shart edi. Bizda ko‘plab imkoniyatlar bo‘ldi, ammo biz gol ura olmadik. Yakuniy uzatmalarda u qadar yaxshi ko‘rsatgichga ega bo‘lmayotgan Regilon va Vinisius bugun yaxshi o‘ynadi”, - deydi Solari.

Eslatib o‘tamiz, “Real” ikki o‘yin natijasiga ko‘ra “Barselona”ga 4:1 hisobida mag‘lub bo‘lgach, Ispaniya kubogini tark etdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!