Sten Vavrinka yarim finalga chiqish uchun o‘ynaydi

Shveytsariyalik tennischi Sten Vavrinka Rotterdamdagi turnirning chorak finaliga muvaffaqiyatli tarzda chiqib oldi.

Sten musobaqaning ikkinchi davrasida kanadalik Milosh Raonichni dastlabki setda 6:4 hisobida engdi. Ikkinchi set esa teng kurashlar ostida o‘tdi. Ammo Vavrinka tay-brekda yaxshi o‘yin ko‘rsatib, g‘olib bo‘ldi.

Endi "ABN AMRO World Tennis Tournament"ning yarim finaliga chiqish uchun Vavrinka chexiyalik Tomash Berdix  va kanadalik Denis Shapovalov uchashuvi g‘olibiga qarshi kortga chiqadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!