Stol tennisi bo‘yicha o‘tgan Xalqaro musobaqada vakillarimiz 2-o‘rinni egalladi (foto)

CHERY AUTO

Bugun Islom Karimov nomidagi "Toshkent Xalqaro aeroporti"da olimpiadada oltin medalni qo‘lga kiritgan shaxmatchilar bilan birga Moldovada bo‘lib o‘tgan Xalqaro turnirda ishtirok etib qaytayotgan stol tennischilarimiz ham tantanali kutib olindi.

Tecno

  Dubossari (Moldova) shahrida stol tennisi bo‘yicha o‘smirlar, yoshlar va kattalar o‘rtasida Xalqaro musobaqa bo‘lib o‘tdi.

  Vakillarimiz 10 ta davlatdan 25 ta jamoa ishtirok etgan an’anaviy turnirda umumjamoa hisobida 2-o‘ringa sazovor bo‘ldi. Bu yutuqqa hissa qo‘shganlar ro‘yxatini e’lon qilmoqdamiz:

1-o‘rin - Muhriddin Radjabov (yoshlar),

1-o‘rin – Shahzod Mamajonov (o‘smirlar),

2-o‘rin - So‘g‘diyona Madalieva (yoshlar),

2-o‘rin - Rumiya Lutfulina (yoshlar),

2-o‘rin – Maqsud Nurpo‘latov (yoshlar),

2-o‘rin - Xusnoraxon Eminova (kattalar),

2-o‘rin – Qutbidillo Teshaboev (kattalar),

3-o‘rin – Maqsud Rustamov (o‘smirlar).

Stol-tennisi (2)

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!